Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasi yig‘inini 22 avgustda boshlaydi
Foto: Tribuna.Uz
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper dastlabki ishni futbolchilarni ko‘zdan kechirishdan boshlaydi.
Shu maqsadda, 22 avgustdan 1 sentabrga qadar Toshkentda terma jamoa o‘quv mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilinadi. Unda asosan milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar ko‘zdan kechirilsa, sentabrga yaqin xorijda to‘p surayotgan legioner futbolchilar ham yig‘inga kelib qo‘shiladi.
Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirish va O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini shakllantirish uchun Ektor Kuper va uning yordamchilari reja asosida ish olib borishadi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi Suriya, KXDR va Qatar kabi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Ular orqali Kuper va uning yordamchilari O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib borishadi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi
18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
17:58 / 20.12.2024