Niderlandiya – Özbekiston 2:1
Gollar: Gakpo, 32 – pen (1:0). Sergeyev, 90+2 (1:1). Gakpo, 90+7 – pen (2:1)
Niderlandiya: Verbryuggen (Flekken, 67), van Deyk, van Hekke, van de Ven, Dumfris, Gravenberh, Reynders, de Yong (Til, 72), Gakpo, Malen (Brobbi, 65), Sammervill
Özbekiston: Yusupov, Husanov, Örozov, Sayfiyev, Aşurmatov, Nasrullayev, Mozgovoy, Şukurov, Fayzullayev (Iskanderov, 78), Örunov (Hamdamov, 54), Şomurodov (Sergeyev, 78)
Ogohlantirişlar: Sammervill, 75 – Aşurmatov, 67
Çetlatiş: Til, 87

Özbekiston milliy jamoasi xalqaro örtoqlik uçraşuvida Niderlandiyaga qarşi maydonga tuşib, 1:2 hisobida mağlub böldi. 

32-daqiqada hakam Örozovning jarima maydoni içidagi qöpolligidan keyin yevropaliklar jamoasi foydasiga penalti belgiladi va Kodi Gakpo hisobni oçdi.

87-daqiqada esa niderlandlar yarimhimoyaçisi Gus Til qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.

Son jihatdan ustunlikka ega bölgan özbekistonliklar bosimni kuçaytirdi va 90+2-daqiqada Igor Sergeyev hisobni tenglaştirdi.

Ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida Husanovning xatosi tufayli Niderlandiyada yana bir bor penalti tepiş imkoniyati yuzaga keldi. Nuqtaga yaqinlaşgan Gakpo bu safar ham aniq zarba berib, ğalaba golini urdi. 

Bundan oldin Fabio Kannavaro şogirdlari Kanada milliy jamoasiga qarşi örtoqlik öyini ötkazib, 0:2 hisobida mağlub bölgan edi.