Jamiyat | 11:39 / 14.08.2018
114647
3 daqiqa o‘qiladi

Qaysi viloyatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyati ko‘paygani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining kengaytirilgan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor shaklida o‘tkazilgan majlisda Oliy Majlis palatalari Kengashlarining a'zolari, Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika komissiyasi va mintaqaviy ishchi guruh rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Foto: senat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlis kun tartibi doirasida joriy yilning yetti oyi davomida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va galdagi vazifalar, shuningdek “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolat” tizimini amaliyotga joriy etish tartib-taomillari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, Andijon, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Jizzax viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qasddan odam o‘ldirish, Andijon, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida og‘ir tan jarohati yetkazish, Jizzaxda bosqinchilik, Namangan, Jizzax va Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport vositasini olib qochish jinoyatlari ko‘paygan.

Foto: senat.uz

Qotillik jinoyati aksariyat hollarda oila-turmush va qo‘ni-qo‘shnichilik bilan bog‘liq muammolar oqibatida yuz bermoqda. Joriy yilning 7 oyida 277ta qotillik jinoyatining 116tasi yoki 42 foizi qarindoshlar, 25tasi yoki 9 foizi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida sodir etilgan. Mazkur jinoyatlarning 95tasi yoki 34,2 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘il o‘rtasida sodir etilgani milliy an'analarimiz va oila qadriyatlariga mutlaqo ziddir. Ushbu yo‘nalishda hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish uchun mas'ul rahbarlarning bunday ahvol yuzasidan tushuntirishlari eshitildi.

Mavzuga oid