O‘zbekiston | 18:24 / 14.08.2018
10771
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» bayram kunlarida ichki reyslarga chegirmalar e'lon qildi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan ichki reyslarda chegirmalar taqdim etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yakka yo‘lovchilar uchun 30 foizlik chegirma taqdim etiladi, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, talabalar uchun - 40 foiz.

50 foizlik chegirmalar oilalar (2 va undan ortiq kishi), pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va Chernobil fojiasining oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashganlar uchun taqdim etiladi.

Chegirmalar 31 avgustdan 4 sentabrgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriluvchi ichki reyslar uchun amal qiladi.

Mavzuga oid