Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori: Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar haqqoniy bo‘lishi kerak
Narxni sun’iy ko‘tarib, keyin “chegirma” sifatida tushirish orqali mijozlarni aldash qat’iyan taqiqlandi. Chegirma e’lon qilinganda ko‘rsatiladigan “avvalgi narx” so‘nggi 30 kun ichidagi eng past narx bo‘lishi shart (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno).
Foto: iStock
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, chakana savdoda aksiya va chegirmalarni qo‘llash tartibi belgilandi va qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik kiritildi. Bundan maqsad – chakana savdodagi narxlash va reklama amaliyotini iste’molchi manfaatiga moslashtirish, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Qarorga ko‘ra, aksiyalar e’lon qilish va chegirma berishda iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan usullar cheklanadi. Jumladan:
- chegirma e’lon qilinganda ko‘rsatiladigan “avvalgi narx” so‘nggi 30 kun ichidagi eng past narx bo‘lishi shart (qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bu qoida tatbiq etilmaydi);
- narxnomada aksiyadagi narxni odatdagi narxdan kattaroq shriftda yozib vizual ustun qo‘yish orqali iste’molchini adashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- narxni sun’iy ko‘tarib, keyin “chegirma” sifatida tushirish orqali raqobatdoshlikni soxtalashtirish qat’iyan taqiqlanadi;
- aksiya/chegirma haqidagi ma’lumotlar soliq organlariga 10 kun oldin taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi chegirma e’lon qilishdan oldin tovar va narxlar hisobini yuritib, so‘nggi 30 kunda amalda bo‘lgan narxlarni qayd etishi va zarurat tug‘ilganda iste’molchiga taqdim qilishi shart.
Shuningdek, sotuvchi aksiya o‘tkazish shartlari, amal qilish muddati, sotib olish tartibi, aksiyaga qo‘yiladigan tovarlar nomi (turkumi), narxi, imtiyozlar hamda boshqa muhim ma’lumotlarni aniq va tushunarli shaklda e’lon qilishi kerak.
Aksiya davomida qo‘yilgan tovarlar yetarli zaxira bilan ta’minlanishi shart. Agar chegirma uchun shaxsiy ma’lumot talab etilsa, ularni qayta ishlash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi va iste’molchiga maqsad hamda shartlar haqida axborot berilishi lozim.
Qoidalarni buzgan taqdirda, belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Mavzuga oid
16:18 / 02.12.2025
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
13:25 / 18.11.2025
Aloqa operatorlari abonent to‘lovini oshirayotgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
21:08 / 28.10.2025
Ijtimoiy nafaqa va yordam pullaridan kredit qarzini undirish taqiqlanadi
17:40 / 03.10.2025