O‘zbekiston | 11:38 / 15.08.2018
28681
1 daqiqa o‘qiladi
Shayxontohur tumaniga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yilning 14 avgustdagi buyrug‘i bilan Oybek Anvarjonovich Hoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.
Oybek Hoshimov 1978 yil Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan, oliy yuridik ma'lumotga ega, 2002 yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi o‘z faoliyatini Andijon viloyati Bo‘z tumanidan boshlagan, so‘ng Andijon va Farg‘ona viloyat prokuraturalarida turli lavozimlarda, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani prokurori lavozimida ishlagan.
2018 yil martidan Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
11:51 / 01.10.2024
“Jabrlanuvchilar rozi emas” - Farg‘ona viloyat sudida protsessni tasvirga olmaslik uchun “yopishmagan” sabab ko‘rsatildi
11:06 / 14.09.2024
Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
11:37 / 01.07.2024
Surxondaryoda prokuror pora olayotganda tezkor tadbirda ushlandi
11:04 / 26.06.2024