Sport | 16:13 / 15.08.2018
31487
1 daqiqa o‘qiladi

«U o‘ldiradi». UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirdi

Foto: Steve Marcus / Reuters

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Fabrisio Verdum rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jang arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Afsonaviy braziliyalikning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedov jangda mutlaq ustunlik bilan g‘alaba qozonishi kerak.

«Habib g‘alaba qozonadi. U Konorni o‘ldiradi. Bu aniq. U juda ko‘p mashq qilmoqda va juda baquvvat yigit», - deya sportchining so‘zlarini keltiradi TMZ.

Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC jangchisi Makgregor bilan bahs oldidan Nurmagomedov qo‘rqayotganini aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid