AQSh senatori FQBga qarshi tergov o‘tkazishni taklif qildi
Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grexam Federal qidiruvlar byurosining (FQB) sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan elektron maktublari bo‘yicha vaziyatdagi harakatlariga nisbatan tergov o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda senator Fox News telekanali efirida ma'lum qildi.
Xususan, u AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Karter Peyjni yashirin kuzatish tufayli FQB harakatlarini tanqid ostiga oldi.
Grexamning so‘zlariga ko‘ra, FQBning Klinton maktublari va Peyj ortidan kuzatuv bo‘yicha harakatlari «korrupsiya botqog‘iga botgandir». Respublikachi senator AQSh maxsus prokurorini bunday harakatlarni tergov qilish uchun tayinlash taklifi bilan chiqdi. Xususan, bunday pozitsiyaga demokratlar rozi emas. Ularning fikricha, FQB Peyj ortidan kuzatuv holatida to‘g‘ri harakat qilgan, shuningdek, bunda Xorijiy razvedkani kuzatish to‘g‘risidagi qonunga amal qilingan.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024