Xalqaro da’vogarlar guruhi Amerikaning Meta Platforms kompaniyasini sudga berdi. Ular kompaniyani 2014 yildan beri öziga tegişli bölgan WhatsApp messenjerining maxfiyligi va xavfsizligi haqida yolğon ma’lumot tarqatganlikda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi yakşanba, 25 yanvar kuni xabar berdi.

23 yanvar kuni San-Fransiskodagi okrug sudiga kiritilgan da’vo arizasida aytilişiça, WhatsApp va uning boş kompaniyasi “WhatsApp foydalanuvçilarining göyo ‘xususiy’ hisoblangan xabarlarining deyarli barçasini saqlaydi, tahlil qiladi va ularga kiriş imkoniga ega bölişi mumkin”. Bu, da’voga köra, Meta’ning şifrlaş texnologiyasidan foydalanişi haqidagi ommaviy bayonotlariga qaramay sodir bölyapti.

Kompaniya esa bunday şifrlaşda xabarlar faqat yuboruvçi va qabul qiluvçiga körinadi, deb işontirib keladi. WhatsApp ilovasi ham odatda (töğridan töğri) “ularni faqat şu çat iştirokçilari öqişi, tinglaşi yoki qayta yuborişi mumkin” degan ma’lumotni körsatişini ta’kidlaydi.

Biroq Avstraliya, Braziliya, Hindiston, Meksika va Janubiy Afrika fuqarolari ham bor bölgan da’vogarlar bu bayonotlar yolğon, deya ma’lum qilgan. Ular Meta foydalanuvçilar xabarlarining mazmunini saqlaydi va kompaniya xodimlari bu ma’lumotlarga kiriş imkoniga ega, deb hisoblaydi.

Da’vo arizasida aytilişiça, bu ma’lumotlarni oşkor qilişga şaxsi oçiqlanmagan ayrim “foş etuvçilar” (whistleblowers) yordam bergan. Şu asosda da’vogarlar Meta va uning rahbariyatini butun dunyo böylab WhatsApp’ning milliardlab foydalanuvçilariga nisbatan firibgarlikda ayblamoqda.

Meta’ning rasmiy vakili Endi Stoun da’voni “jiddiy emas” deb atadi va kompaniya “da’vogarlar advokatlariga nisbatan sanksiyalar joriy qilişini” bildirdi.

“WhatsApp foydalanuvçilarining xabarlari şifrlanmagan, degan har qanday da’vo qat’iy ravişda yolğon va mutlaqo bema’ni, — deyiladi uning Bloomberğga bergan izohida. — WhatsApp ön yildan beri Signal protokoli asosida şifrlanadi. Bu sud jarayoni esa jiddiy emas — badiiy asardek narsa”.