Sport | 17:00 / 16.08.2018
4266
1 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: Jakartadagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Indoneziyada start olayotgan Osiyo o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimiga ikki kun qolganda O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari navbatdagi rasmiy tadbir – ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida qatnashdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mazkur tadbirda qo‘mita bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi delagatsiya vakillari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi. Madhiya sadolari ostida davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Endi Jakartadagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ham hilpirab turibdi. Marosim davomida, shuningdek, Filippin, Livan, Pokiston va Butan bayroqlari ham ko‘tarildi.

Tadbir yakunida Olimpiya shaharchasi meri Yuni Karkita delegatsiyalar rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Jasur Matchanov ham O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mezbonlarga atalgan esdalik sovg‘asini tuhfa qildi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid