Sport | 19:33 / 16.08.2018
5164
1 daqiqa o‘qiladi

Kobi Brayant muvaffaqiyatli sarmoyalar tufayli 200 mln dollar ishlab oldi

Foto: REUTERS

Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) «Los-Anjyeles Leykers» klubi afsonaviy hujumkor himoyachisi Kobi Brayant muvaffaqiyatli investitsiyalar tufayli qariyb 200 million dollar ishlab oldi.

2014-yilda Brayant mashhur sport ichimligining 10 foiz aksiyalarini sotib olish uchun 6 million dollar sarfladi.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra, 15 avgust kuni ommabop gazlangan ichimlikni ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniya ichimlik aksiyalarining minoritar ulushi xarid qilib olinayotgani haqida e'lon berdi. Shu tariqa, sobiq basketbolchining aksiyalari narxi 200 million dollargacha ko‘tarildi.

MBAdagi faoliyati davomida Brayant 323 million dollar ishlab topgan.

Mavzuga oid