Jahon | 10:17 / 16.08.2018
9080
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: amerikaliklarning aksariyati Trampning ishidan norozi

Foto: AP

Politico nashrining so‘roviga binoan Morning Consult xususiy kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, amerikaliklarning 52 foizi hozirgi AQSh prezidenti Donald Trampning ishidan norozi.

So‘ralganlarning 43 foizi, aksincha, Amerika prezidentining ishidan mamnun ekanini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, respondentlarning 59 foizi Qo‘shma Shtatlar «noto‘g‘ri yo‘ldan» ketayotganini aytgan.

Nashrdan ta'kidlashlaricha, oraliq saylovlar oldidan saylovchilarning faolligi oshdi. Ayni paytda, Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 75 foizi, demokratlarni qo‘llab-quvvatlovchilarning 72 foizi va mustaqil saylovchilarning 3 foizi saylovda ishtirok etishni istamoqda. Uch oy oldingi so‘rov natijalariga ko‘ra, saylovchilarning mos ravishda 62, 61 va 41 foizi ovoz berishga borishi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning sobiq advokati prezident tomonidan yeb qo‘yilgan hujjat haqidagi so‘zlarga izoh bergandi. 

Mavzuga oid