Sport | 17:10 / 16.08.2018
36155
2 daqiqa o‘qiladi

Video: O‘zbekistonlik futbolchilarga pul mukofotlari va'da qilindi

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari bilan kichik suhbat o‘tkazdi.

U Qatarga qarshi ikkinchi tur o‘yinidan avval terma jamoaning kiyim almashtirish xonasiga kirgan va futbolchilarni ilhomlantirgan.

«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Ahmadjonov futbolchilardan bugungi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, guruh masalasini muddatdan avval hal qilishni so‘ragan.

«Agar turnirda g‘alaba qozonsak, homiylardan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan futbolchilarning har biriga 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi», degan u.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa birinchi turda Bangladeshni 3:0 hisobida taslim etgandi. Bugungi raqib Qatar esa birinchi turda Tailand bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan. Agar bugun o‘zbekistonliklar g‘alabaga erishsa, muddatidan ilgari guruh masalasi hal qilinadi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid