Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti Eron bilan hamkorlik uchun sanksiyalar joriy etilishini eslatdi
Foto: AP/ Pablo Martinez Monsivais
AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayn Xukning Davlat departamentida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Eron tomoni bilan savdo aloqalarini davom ettiradigan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilishga tayyor. Maxsus vakilning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda Eronning savdo faolligi shu yilning noyabr oyiga kelib «nolga tushishi»ni kutishmoqda.
«Umid qilamizki, bizning hamkorlarimiz sanksiyalar rejimiga rioya qiladilar, hamda, mening fikrimcha, AQSh aks holda ikkinchi darajali sanksiyalarni qo‘llashga tayyorligini eslatish shart emas», - deya aytib o‘tdi Xuk AQSh hukumati Eron va Xitoy o‘rtasidagi savdo hamkorligini qanday cheklamoqchi ekani haqidagi savolga javob qaytarib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShni ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
13:18 / 24.01.2026