AQŞning Eron böyiça maxsus vakili Brayn Xukning Davlat departamentida bölib ötgan brifingda ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar rasmiylari Eron tomoni bilan savdo aloqalarini davom ettiradigan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilişga tayyor. Maxsus vakilning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Uning sözlariga köra, AQŞda Eronning savdo faolligi şu yilning noyabr oyiga kelib «nolga tuşişi»ni kutişmoqda.
«Umid qilamizki, bizning hamkorlarimiz sanksiyalar rejimiga rioya qiladilar, hamda, mening fikrimça, AQŞ aks holda ikkinçi darajali sanksiyalarni qöllaşga tayyorligini eslatiş şart emas», - deya aytib ötdi Xuk AQŞ hukumati Eron va Xitoy örtasidagi savdo hamkorligini qanday çeklamoqçi ekani haqidagi savolga javob qaytarib.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞni ogohlantirgandi.













