O‘zbekiston | 17:53 / 17.08.2018
10775
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat Shakhrisabz Star mehmonxonasini sotadi

Foto: Sitara Travel

Davlat Shakhrisabz Star mehmonxonani sotadi, bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida aytiladi, deb yozmoqda Spot

Ayni paytda «Shahrisabz yulduzi» DUKning 100 foiziga egalik qiladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi balansida bo‘lgan obekt ikki oy muddat davomida ochiq savdolarga qo‘yiladi. Boshlang‘ich narx e'lon qilinmagan.

Sotuvdan tushgan mablag‘lar Davlat turizm qo‘mitasi huzuridagi Sayyohlik sohasini qo‘llab-quvvatlash byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga Polsha hukumati tomonidan mehmonxonani qurish uchun ajratilgan kreditni qoplash uchun muqaddam qo‘mita tomonidan berilgan pullarni qoplashga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid