Jamiyat | 14:42 / 17.08.2018
9235
1 daqiqa o‘qiladi

Mehnat daftarchasi yo‘qolsa nima qilish kerak?

Foto: Huquqiy axborot

Qonunchilikka muvofiq mehnat daftarchasi yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari bo‘yalgan) hollarda mehnat daftarchasining dublikati beriladi.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, mehnat daftarchasi dublikatini berishda ish beruvchi xodimdan eng kam ish haqining 10 foizigacha miqdorida (18 ming so‘m) haq olish huquqiga ega.

Agarda mehnat daftarchasi korxona tomonidan yo‘qotib qo‘yilgan bo‘lsa, mehnat daftarchasining dublikati ish beruvchi tashkilot tomonidan bepul beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid