Norma naşri Soliq tizimini isloh qiliş konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan «mehnatdan soliqlar» böyiça yangiliklar haqida maqola e'lon qildi.
 
Qayd etilişiça, JŞDS, YaIT va fuqarolarning Pensiya jamğarmasiga suğurta badallarini jismoniy şaxslarning yagona daromad soliğiga birlaştiriş taklif etilmoqda. Daromad miqdoridan qat'i nazar, soliq 25%lik stavkada undiriladi. Jismoniy şaxslarning yagona daromad soliği mehnatga haq tölaş summalaridan uşlab qolinadi.
 
Taklif etilayotgan yeçim fuqarolarni köproq daromad olişga rağbatlantiradi, soliqni hisoblaş va tölaşni soddalaştiradi, hisobotlarni qisqartiradi va soliq ma'muriyatçiligi samaradorligini oşiradi.
 
25%lik stavka faqat mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi. Fuqarolarning mulkiy, moddiy va boşqa daromadlariga JŞDSning boşqa stavkalari belgilanadi.
 
Nazarda tutilayotgan çora-tadbirlar mehnatga haq tölaşga soliq yukini sezilarli darajada kamaytiradi. Amaldagi soliq soliş tizimida JŞDS progressiv 4 bosqiçli şkalaga (soliq solinmaydigan minimum, 7,5%, 16,5%, 22,5%) ega. Şuningdek Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari – 8% va YaIT: 15% – kiçik va 25% – yirik biznes uçun tölanadi. Umuman olganda, mehnatga haq tölaşga soliq yuki örta hisobda kiçik korxonalar uçun 39,5%ni, yiriklari uçun 49,5%ni taşkil etadi.