2018 yil 7 oktabr butun dunyoda munosib mehnat faoliyatini ta'minlaş kuni sifatida nişonlanadi. Salkam 20 yil avval Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) Munosib mehnat konsepsiyasini qabul qilgan bölib, mazkur hujjat: iş örinlarini yaratiş va samarali bandlikni ta'minlaş, xavfsiz şaroitlardagi mehnat va faol, maqsadli ijtimoiy himoya, mehnat kafolati va huquqlarini ta'minlaş, mehnat qonunçiligini rivojlantiriş va takomillaştiriş, mehnat munosabatlari iştirokçilarining ijtimoiy muloqoti va ijtimoiy hamkorligi singari 4 ta strategik vazifani öz içiga olgan.

8 oktabr kuni Toşkentda uşbu masalalar böyiça muzokaralar bölib ötdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev XMT mas'ul xodimlari – Kari Tapiola, Anton Xauzen, Oksana Lipkanu bilan uçraşdi.
Uçraşuvda munosib mehnat böyiça Özbekiston Respublikasi dasturini amalga oşiriş jarayonlariga, Özbekistonning XMT bilan konstruktiv, şu jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş sohasi böyiça hamkorligiga e'tibor qaratildi. Özbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan munosib mehnat konsepsiyasi doirasida bolalar va ayollar mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça samarali çora-tadbirlar körilayotgani ta'kidlandi.
Joriy yilning dekabr oyida XMT boş direktori Gay Rayder iştirokida bölib ötişi kutilayotgan “Barqaror rivojlaniş maqsadlari yölida munosib bandlikni ta'minlaş: xalqaro amaliyot va Özbekiston tajribasi” Xalqaro konferensiya masalalari alohida körib çiqildi.

Foto: Getty Images
Uçraşuv iştirokçilari aholi bandligi, munosib mehnati va ijtimoiy himoyasi masalalari böyiça Özbekistonda amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarning jadal sur'atda olib borilayotganini qayd etişdi. Xususan, inson kapitalini rivojlantirişga asoslangan innovatsion rivojlaniş strategiyasi, 2018 yilgi paxta hosilini terib oliş mavsumi davomida majburiy mehnatga jalb qiliş holatlarining XMT xalqaro ekspertlari va huquq himoyaçilari iştirokida monitoringi qabul qilinganiga alohida urğu berildi.











