O‘zbekiston | 10:00 / 17.08.2018
12341
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston chegarachilari tarixda birinchi marta qo‘shma mashqlar o‘tkazdi

Foto: PV GKNB RT

O‘zbekiston va Tojikiston chegarachilari Afg‘onistondan jinoiy tuzilmalarning kirib kelishini birgalikda to‘xtatish usullarini ishlab chiqdilar.

«Aziya-Plyus» nashrining xabar berishicha, tarixda birinchi marta ikki davlatning kuch tuzilmalari qo‘shma mashqlar o‘tkazdi, bu oldin hech qachon bo‘lmagandi.

Uch davlat - Tojikiston, O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida tutashgan joy - Shartuz tumanida ikki davlat chegarachilari birgalikda «Jayhun-2018» harbiy-taktik maxsus mashqlarini o‘tkazdilar.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, mashqlarning asosiy maqsadi - qo‘shni davlatdagi og‘ir ahvol tufayli Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonga tashqi tahdidlarning oldini olish hamda chegara mahkamalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishdan iborat.

«Jayhun-2018» mashqlarida chegara bo‘linmalarining davlat chegarasidagi xavfsizlikka tahdidlar, katta miqdorda giyohvandlik vositalarini noqonuniy olib o‘tish, qo‘shni hududdan real sharoitlarda jinoiy tuzilmalarning bostirib kirishi bo‘yicha tahdidlarni bartaraf etishga oid hamkorlik ishlab chiqildi va takomillashtirildi.

Mashg‘ulotga Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari hamda zaxiralari, bir nechta avtomobil va zirhli transport vositalari, harbiy-transport aviatsiyasi, chegara patrul katerlari jalb etildi.

Shu bilan birga, Dushanbe shahridagi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Rajabali Rahmonalining o‘zbekistonlik hamkasbi Ruslan Mirzayev bilan uchrashuvida nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini takomillashtirish, xizmat olib borish, davlat chegaralarini qo‘riqlash, axborot almashish, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki chegara mahkamalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Mavzuga oid