Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar hujumidan keyin 100 ga yaqin harbiy bedarak yo‘qoldi
Foto: AFP
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Faryob viloyati janubiy qismidagi Bilchirag tumanini bosib olishdi. Jangarilar bilan to‘qnashuvga kirgan 100 ga yaqin harbiy qayerdaligi haqida ma'lumot yo‘q, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali.
Joriy haftada Afg‘oniston milliy armiyasi 209-korpusi bosh qarorgohi – “Shaxin” lageri vakili Muhammad Xanif Rizoiy “Tolibon” jangarilari Faryob viloyatidagi harbiy bazani bosib olishganini ma'lum qilgan. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar hujumi oqibatida kamida 17 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘lgan, 12 nafari jarohat olgan.
Faryobdagi mahalliy kengash rahbari Sabg‘atulloh Silab Muavinning ta'kidlashicha, bazadagi o‘nlab harbiylar taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
13:52
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026