Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
Avstriya tashqi ishlar va ichki ishlar vazirlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatdagi noqonuniy afg‘on migrantlarini O‘zbekiston orqali o‘z yurtiga deportatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolashi kutilyapti. «Shu paytgacha Afg‘onistonga deportatsiya qilish faqat Istanbul aeroporti orqali amalga oshirilar edi, endi esa Kobulga «ikkinchi yo‘l» ham ochilyapti», deyiladi xabarda.
Avstriya hukumati mamlakatdagi noqonuniy afg‘on migrantlarini O‘zbekiston orqali o‘z yurtiga deportatsiya qilishni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi mahalliy Die Presse nashri.
Bu borada kelishuvga erishish uchun 7 may kuni Avstriya tashqi ishlar va ichki ishlar vazirlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilyapti.
«Avstriya o‘z vataniga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan afg‘onlarni Avstriya kuzatuvi ostida shimoliy qo‘shni davlat — O‘zbekiston orqali o‘z manzillariga yetkazmoqchi. Shu paytgacha Afg‘onistonga deportatsiya qilish faqat Istanbul aeroporti orqali amalga oshirilar edi, endi esa Kobulga «ikkinchi yo‘l» ham ochilyapti», deyiladi xabarda.
Avstriya ichki ishlar vaziri Gerhard Karnerning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro kelishuv qat’iy va adolatli boshpana siyosatining bir qismi sifatida xizmat qiladi hamda Yevropa Ittifoqiga O‘zbekiston orqali kirgan uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qaytarib olish majburiyatini ham ko‘zda tutadi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik malakali ishchilarning Avstriyaga xavfsiz va tartibli migratsiyasini rag‘batlantirishga oid jihatlar ham ko‘rib chiqilishi kutilyapti.
Avstriya va boshqa Yevropa davlatlari – Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Daniya tomonidan ilgari surilayotgan boshpana berish rad etilganlar uchun «maxsus qaytish markazlari»ni ochish masalasi kutilayotgan kelishuvga kiritilmaydi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026