Eronda xorijliklar pasportlariga kelganlik haqida belgi qo‘ymaslik taklif qilinmoqda
Eron hukumatida AQSh sanksiyalari sababli xorijliklar pasportlariga mamlakatga kelganlik haqida belgilar qo‘ymaslik taklif qilindi. Bu haqda Eron sayyohlik tashkiloti rahbari Ali Asqar Munasan ma'lum qildi.
Munasanning aytishicha, tegishli qonun loyihasini uning o‘zi, tashqi ishlar vazirligi, sanoat va savdo vazirligi va politsiya ma'qullagan. Biroq bu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun uni Eron vazirlar kengashi ma'qullashi lozim.
Munasanning ta'kidlashicha , oxirgi 4 oy ichida Eronga kelgan sayyohlar soni 38 foizga oshgan, biroq ular orasida yevropaliklar ulushi kamaygan, bu esa 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar ishiga salbiy ta'sir qilgan.
Vashington va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanidan keyin keskinlashib ketdi. AQSh avgustda Eronga qarshi sanksiyalari amal qilishini yana tikladi.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024