BBC jurnalistlari öquv semestrining birinçi kunida Şarif nomidagi Tehron Texnologiya universiteti talabalari aks etgan kadrlar haqiqiyligini tasdiqlagan.

Videoda kampus hududida yiğilgan yuzlab namoyişçilarni köriş mumkin. Ulardan köpçiligi Eron bayroqlarini hilpiratişgan va Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiyni nazarda tutgan holda «Diktatorga ölim!» deya hayqirişgan.

Xuddi şu kadrlarda hukumatni qöllab-quvvatlovçi odamlar guruhi ham köringan. Keyinroq ikki lagerga mansub namoyişçilar örtasida töqnaşuv yuzaga kelgan.

Şuningdek, Tehrondagi Şahid Beheşti nomidagi universitetda iş taşlangani aks etgan suratlar paydo böldi. Bundan taşqari, jurnalistlar poytaxtdagi yana bir oliy öquv yurti – Amir Kabir nomidagi Texnologiya universitetida olingani aytilgan kadrlar haqiqiyligini tasdiqlagan.

Mamlakat şimoli-şarqida joylaşgan, Eronning ikkinçi eng yirik şahri hisoblangan Maşhadda ham talabalar «Ozodlik!» va «Talabalar, öz huquqingiz haqida baralla ayting!» şiorlari bilan köçalarga çiqişgan.

Xabar qilişlariça, kun davomida boşqa hududlarda ham sezilarli miqdorda odamlar yiğilgan namoyişlar ötkazilgan.

Hozirça hukumat namoyişlarga qanday reaksiya körsatgani va hibslar bölgani haqida ma’lumotlar yöq.

AQŞ harbiy kuç töplamoqda

Erondagi yangi namoyişlar mintaqada AQŞ qöşinlari töplanişi va AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron rasmiylariga qarşi harbiy kuç işlatiş bilan tahdid qilişi fonida boşlandi.

AQŞ va uning Yevropadagi ittifoqçilari Eron öz yadroviy dasturidan qurol işlab çiqariş uçun foydalanişidan xavotirda, Tehrondagilar esa atom texnologiyalarini faqat tinç maqsadlarda işlab çiqişini ta’kidlab keladi.

17 fevral kuni Eron va AQŞ vakillari Şveytsariyada muzokaralar ötkazib, ma’lum yutuqlarga erişilganini ma’lum qilişgandi.

Ammo şundan söng Tramp «yaqin 10 kun içida» tinçlik kelişuviga erişilgani yoki Vaşington harbiy kuç işlatişi ma’lum bölişini aytib çiqdi.

Yanvar oyida Tramp Erondagi namoyişlarni qöllab-quvvatlagan, jumladan, u «yordam allaqaçon yöldaligi»ni va’da qilib, namoyişçilarni köçalarga çiqişda davom etişga çaqirgandi.