O‘zbekiston | 10:02 / 20.08.2018
4366
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda «O‘zmetkombinat» savdo uyi ochiladi

Foto: Tashqi savdo vazirligi

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» Tojikistonda savdo uyini ochadi. Bu haqda Spot xabar berdi.

16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida «O‘zmetkombinat» boshqaruvi raisi Tohir Azamatov «Somon ta'minot» direktori o‘rinbosari Davlat Muhammad bilan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Shartnoma qiymati 60 mln dollarni tashkil qildi. 2019 yilda Tojikistonga 60 tonna mahsulot, 2020 yilda esa 72 tonna yetkazib berish rejalashtirilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid