Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh eronlik ikki josus ushlangani haqida ma'lum qildi
Foto: Reuters
AQSh Adliya vazirligidan ma'lum qilishlaricha, Eronning ikki fuqarosi josuslikda ayblangan. Ular AQSh hududida bo‘lib, Tehron foydasiga josuslik qilgan. Bu haqda mahkama saytida xabar berilgan.
Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, gap 38 yoshli Ahmadrizo Muhammadiy-Do‘stdoriy va 59 yoshli Majid Gorbaniy haqida ketmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ular AQSh hududidagi yahudiy va Isroil obektlarini kuzatib borishgan. Bundan tashqari, qo‘lga olingan shaxslar Eron hududida terroristik deb topilgan Eron xalqi mujohidlari tashkilotining a'zolari haqida ma'lumotlarni to‘plashda gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Ruhoniy va Trampning uchrashuvi nega yuz bermasligini ma'lum qilgandi.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilishicha, mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp uchrashuvi AQSh yadroviy bitimdan chiqqani tufayli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Zarifning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar dasturidan chiqib, ilgari erishilgan «ulkan muvaffaqiyat»ni yer bilan bitta qildi.
Mavzuga oid
22:28 / 13.05.2026
AQShda Trampning oltin telefonlarini yetkazib berish boshlanadi
21:32 / 13.05.2026
Xitoy sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun AQSh davlat kotibining ismini «o‘zgartirdi»
12:57 / 13.05.2026
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52 / 13.05.2026