Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilişiça, mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning Qöşma Ştatlar yetakçisi Donald Tramp uçraşuvi AQŞ yadroviy bitimdan çiqqani tufayli heç qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bu haqda vazir CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

Zarifning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Qöşma keng kölamli harakatlar dasturidan çiqib, ilgari erişilgan «ulkan muvaffaqiyat»ni yer bilan bitta qildi.

«[Bitim] biz uçun lakmus qoğozi edi. U biz AQŞga işonişimiz mumkin yoki yöqligini anglatib turardi», - deya ta'kidlab ötdi vazir.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Davlat departamenti Eron bilan hamkorlik uçun sanksiyalar joriy etilişini eslatgandi. 

AQŞning Eron böyiça maxsus vakili Brayn Xukning Davlat departamentida bölib ötgan brifingda ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar rasmiylari Eron tomoni bilan savdo aloqalarini davom ettiradigan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilişga tayyor.