O‘zbekiston | 11:17 / 21.08.2018
19327
1 daqiqa o‘qiladi

Ziraat Bank Uzbekistan’da rahbar o‘zgardi

Foto: KUN.UZ

Ziraat Bank Uzbekistan’da boshqaruvning yangi raisi tayinlandi. Bundan Korporativ axborot yagona portalidagi ma'lumotlar darak beryapti (qonunchilikka muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlar alohida ma'lumotlarni oshkor qilishlari shart).

Xabar qilinishicha, 17 avgust kuni Erjan Bulut bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga, 20 avgust kunidan beri bankka Emin Chubikji rahbarlik qilmoqda. Unga 6 ming AQSh dollari ekvivalentida ish haqi beriladi.

UTBANK o‘zbek-turk banki nomi yanvar oyi boshida Ziraat Bank Uzbekistan deb o‘zgartirildi. Turkiyaning T.C. Ziraat Bankası A.Ş. bankning 50 foizlik ulushini «Agrobank»dan sotib oldi va endi tashkilotning yagona aksiyadoriga aylandi.

 

Mavzuga oid