To‘rtinchi kun yakunlari. O‘zbekistonda jami 14ta medal
22 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirildi. Bahslarning to‘rtinchi kunida O‘zbekiston nomidan 10 sport turi bo‘yicha atletlar musobaqalarda qatnashishdi.
Suzish
100 metrga batterflyay usulida suzgan Artyom Kozlyuk o‘z guruhida to‘rtinchi natijani qayd etdi va keyingi bosqichga o‘ta olmadi. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo‘yicha finalda ishtirok etdi. 100 metrga bras usulida suzgan Yulduz Qo‘chqarova o‘z guruhida uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
100 metrga brass usulida finalda chiqish qilgan Vladislav Mustafin oltinchi, huddi shu yo‘nalishning ayollar o‘rtasidagi bahslarida finalda ishtirok etgan Yulduz Qo‘chqarova sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Qilichbozlik
Hamyurtlarimiz avvaliga Indoneziya jamoasini 45:35 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olishdi. Biroq, 45:38 hisobida Yaponiya terma jamoasiga yutqazib qo‘yishdi.
Tennis
Jo‘rabek Karimov musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan hindistonlik Ramantan Ramkumarni 3:6, 6:4, 6:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Denis Istomin esa xitoylik Jang Jijyengni 6:4, 6:3 hisoblarida mag‘lub etdi va chorak finalga chiqdi.
Akademik eshkak eshish
Shahboz Xolmurzayev 7:50.21 natija bilan saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi. Bahslarda ishtirok etgan to‘rtligimiz marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Taekvondo
Sardor Toirov yarim final chiptasi uchun kechgan jangda eronlik Mirhashem Husaynga 9:29 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Nikita Rafalovich finalda taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreya vakili Xva Jun Li bilan to‘qnash keldi va 21:18 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.
O‘q otish
Qizlarimiz Kuznetsova va Mamedova saralash bosqichida ishtirok etishdi. Afsuski, ular final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadilar.
Yunon-rum kurashi
Bilan Nalgiyev qirg‘izistonlik Akjal Mahmudovga qarshi bahsda 4:6 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bilan Nalgiyev bronza medali uchun o‘tish jangida janubiy koreyalik Kim Xyon Voga to‘qnash keldi. Jang 0:0 hisobida yakunlandi. Biroq, koreyalik polvon faollik evaziga medal uchun kurashni davom ettirdi.
Jahongir Turdiyev bronza medali uchun jangda qirg‘izistonlik Uzur Jusupbekovga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va bronza medalidan quruq qoldi
Rustam Assakalov finalda eronlik Nuri Hussaynga qarshi jang o‘tkazdi va 1:6 hisobida yutqazib qo‘ydi. Terma jamoamiz uchun yana bir kumush medali.
Mo‘minjon Abdullayev oltin medal uchun bahsda qozog‘istonlik Nurmakan Tinaliyevga qarshi gilamga chiqdi va 8:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.
Velosport
Guruh poygalarida 104 km masofaga startga chiqqan Rinata Baymetova 21 nafar sportchi ichida marraga 12-bo‘lib yetib keldi.
Sport gimnastikasi
Yigitlarimiz finalda sakkiz jamoa ichida 229 ball jamg‘arib, yettinchi o‘rindan joy olishdi.
Og‘ir atletika
Doston Yoqubovda kumush medal. U dast ko‘tarishda 145, siltab ko‘tarishda esa 186 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda esa 331 kg natija qayd etdi va ikkinchi bo‘ldi.
To‘rtinchi kun musobaqalaridan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi jami 14 medal (3-5-6) jamg‘argan holda umumiy reytingda 9-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
16:30 / 29.10.2024