O‘zbekiston | 08:09 / 23.08.2018
4900
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo IIBda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori va ichki ishlar vazirining qo‘shma farmoyishiga asosan Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh joriy yilning 23-26 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, barcha shahar va tuman IIBlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasida batafsil o‘rganish va tahlillar  o‘tkazib, ularning yakuni bo‘yicha har bir tarkibiy tuzilma va xodimlar faoliyatiga tanqidiy baho hamda topshiriqlar bergan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, kuni kecha mazkur tashrifda belgilangan vazifa va topshiriqlarga muvofiq Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi va viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi xodimlari hamda IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda ishtirok etgan viloyat IIB hamda uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan bir qator xodimlar guruhlarga bo‘linib, huquqiy savodxonlik, kasb etikasi va ma'naviy ongni yuksaltirishga xizmat qiluvchi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Caption

Shuningdek, mashg‘ulotlarda joriy yilning 27 iyul kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rilgan masalalarning mazmun-mohiyatini o‘rganish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid