Jahon | 22:00 / 24.08.2018
60277
1 daqiqa o‘qiladi

Amazonka o‘rmonlarida sivilizatsiyadan bexabar qabila topildi

Braziliya junglilarida dron yordamida sivilizatsiya mavjudligidan bexabar bo‘lgan va boshqa odamlar bilan muloqotga kirishmagan qabila tasvirga olindi.

Ma'lum qilinishicha, Braziliya hindular milliy jamg‘armasi xodimlari Peru bilan chegarada joylashgan Vale-du-Javari qo‘riqxonasida brakonerlarni izlashayotganda qo‘riqxonaga taxminan 190 mil kirilgandan keyin noma'lum qabilaga duch kelishgan. 

Ularning aytishicha, qabiladagi 16 kishi hech qachon tashqi dunyo bilan muloqot qilmagan.

Ayni vaqtda Amazonka o‘rmonlarida 6 qabila mavjudligi ma'lum. Biroq mutaxassislar bu hududda yana 16 qabila borligini aytishmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid