Italyan kemasidagi afrikalik muhojirlar ochlik e'lon qilishdi
Italiya sohillari yaqinida Diciotti kemasi bortidagi afrikalik muhojirlar ochlik e'lon qilishdi. Bu haqda Italiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Davide Faraone ma'lum qildi.
“Men port boshqarmasidan Diciotti bortidagi vaziyat sababli keskinlik oshayotganidan hozirgina xabar topdim, muhojirlar ochlik e'lon qilishibdi”, deb yozgan Faraone tvitterda.
Faraonening aytishicha, muhojirlar ochlikni qancha davom ettirishlari noma'lum. Kemadagi muhojirlarning aksariyati eritreyaliklardir.
Bortida 177 muhojir bo‘lgan kema Malta hukumati muhojirlarni qabul qilishni istamagandan keyin Sitsiliya tomon yo‘l olgan. Biroq Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Salvini kemadagi 27 nafar balog‘atga yetmagan muhojirni qabul qilishga ruxsat bergan, qolgan muhojirlar hanuzgacha kemada qolmoqda.
Shu voqeadan keyin Italiya hukumati Yevropa davlatlarini muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotganlari uchun tanqid qilgan va Yevropa Ittifoqi byudjyetiga badallarni to‘lamaslik bilan po‘pisa qilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024
“Suvga to‘ymayotgan sigirlarim sut ham bermay qo‘ydi” – Sitsiliyada qurg‘oqchilik sabab qishloq xo‘jaligi halokat yoqasiga keldi
16:19 / 31.08.2024