Jahon | 01:53 / 24.08.2018
4415
1 daqiqa o‘qiladi

Procter & Gamble WTF va LOL tovar belgilariga ariza berdi

Foto: pixabay.com

Procter & Gamble AQShda to‘rt savdo belgisi uchun ariza berdi: LOL, WTF, NBD va FML.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu belgilar suyuq sovun, idish yuvish va tozalash vositalari, shuningdek havo spreyi uchun qo‘llaniladi. 

2018 yilning martidan buyon P&G direktorlar kengashi tarkibiga kiruvchi sarmoyador Nelson Pelts 2017 yilda yoshlarning brendlarga nisbatan munosabati haqida so‘zlagan edi. 

"Ularga universal nomlar to‘g‘ri kelmaydi. Ular ruhan bog‘lanish mumkin bo‘lgan kichik, mahalliy brendlardan foydalanishni istashadi", - degandi u.

P&G  vaziyatga rasmiy izoh bermagan. Ad Age ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh tovar belgilari regulyatori kompaniyadan izoh so‘ragan va 2019 yilning yanvarigacha javobni kutadi. 

Mavzuga oid