Muloqot çoğida Özbekiston va BIMT örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, ilm-fan va innovatsion işlanmalarni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, jumladan, ilmiy yondaşuvlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş va innovatsion natijalar xususida ma’lumot berildi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqot institutlarining sönggi yillardagi faoliyati, tajriba xöjaliklari bilan olib borilayotgan amaliy işlar, seleksiya va agrobiotexnologiyalar yönalişidagi yutuqlar alohida ta’kidlandi.
Muloqot çoğida ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş – ya’ni fan yutuqlarini bevosita fermerlar va agrobiznes sub’yektlari faoliyatiga integratsiya qiliş mexanizmlari muhim mavzulardan biri böldi. Bu borada intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qiliş, ularni xalqaro miqyosda röyxatdan ötkaziş, brend yaratiş va global bozorlarda tarğib qiliş dolzarb masala sifatida qayd etildi.
Tomonlar mahsulotlarni brendlaş, marketing strategiyalarini işlab çiqiş, geografik körsatkiçlar asosida tovar belgilarini yaratiş hamda bu boradagi ilğor xalqaro tajribani özlaştiriş yuzasidan fikr almaşdilar. Daren Tang Özbekistonning boy agrobiologik resurslari va mintaqaviy mahsulotlarini xalqaro bozorlarda tanitiş uçun BIMT tomonidan metodik va texnik yordam körsatilişini bildirdi.
Şuningdek, agrobiznes vakillarining malakasini oşiriş, ularni intellektual mulk, marketing va qadoqlaş sohalarida tayyorlaş böyiça hamkorlik yönalişlari belgilab olindi. Jumladan, BIMT doirasida qisqa muddatli kurslar va seminarlar taşkil etiş, özbek mutaxassislarini zamonaviy bilim va könikmalarga ega qiliş yuzasidan dastlabki kelişuvlarga erişildi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va BIMT örtasida innovatsion şeriklik platformasini yaratiş, hamkorlikni institutsional darajada kengaytiriş hamda navbatdagi bosqiç rejalarini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.

















