07:34 / 24.08.2018
9010

O‘tgan hafta Afrika yaqinida yo‘qolib qolgan tanker topildi

Foto: frontnews.eu

O‘tgan hafta Afrika sohillari yaqinida yo‘qolib qolgan “Pantelena” tankeri topildi. Tanker bortida 17 nafar gruziyalik va 2 nafar rossiyalik dengizchi bo‘lgan. Tanker Ovendo portiga (Gabon) yetkazilgan. Ma'lum qilinishicha, kema topilgani haqida Markaziy Afrika dengiz xavfsizligi hududiy markazi xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, bortida 7 ming tonna yonilg‘i bo‘lgan tanker AQSh sun'iy yo‘ldoshlari tomonidan topilgan. Kema ekipaji a'zolari salomatligi va kemaning aloqaga chiqmagani sabablari hozircha ma'lum qilinmayapti.

O‘tgan hafta Gruziya tashqi ishlar vazirligi Pantelena IMO 9321469 kemasi yo‘qolib qolganini ma'lum qilgandi. Vazirlikning ma'lum qilishicha, kema oxirgi marta 14 avgustda Gvineya ko‘rfazidan aloqaga chiqqan.

Kema Gretsiyaning Lotus Shipping kompaniyasiga tegishli. 

Top