Afrika ğarbidagi Mali davlati oxirgi vaqtlarda yangiliklarda tez-tez tilga olinmoqda. Çunki bir neça yillardan buyon davom etayotgan siyosiy inqiroz oxirgi oylarda çöqqiga çiqdi, mamlakat olov içida qoldi. Quyida Malida nimalar bölayotganiga töxtalamiz.

Davlat töntarişidan keyin

Afrika, şubhasiz, yaşaş uçun dunyodagi eng noqulay hudud. Doim issiq, suvsizlik, oçarçilik muammosi. Bundan taşqari, bu qit’adagi davlatlar siyosiy boşqaruvi asosan diktatura, ustiga ustak harbiy diktaturaga asoslangan, doim ayri guruhlar hukumat talaşadi. Oqibatda juda köp Afrika davlatlari uruş içida. Yetmaganiga katta-katta davlatlar afrikaliklarga yordam beriş örniga oçközlarça bu davlatlardagi oltin, olmos, neft umidida qaysidir guruhni qöllaydi, uruşga, tinç aholi ölimiga olib kelayotgan qirğinlarga yöl oçadi.

Malida ham uruş içidagi boşqa Afrika davlatlari kabi vaziyat harbiylar amalga oşirgan davlat töntarişidan keyin keskinlaşgan. 2020 yil Malida hukumat jangarilarga qarşi kuraşa olmayapti degan iddao bilan namoyişlar boşlanadi. Harbiylar bundan foydalanib hukumatni ağdaradi. Balki namoyişlarni ham generallarning özi uyuştirgandir, bunisini bilmayman. Xullas, Rossiyaning hududdagi asosiy dösti, yaqinda öldirilgan Sadio Kamara degan polkovnik boşçilik kuçlar hukumatni ağdarib, prezident Ibrohim Bubakara ketkaziladi.

Keyin 2021 yil may oyida yana bir davlat töntarişi böladi-da, Assim Goita degan polkovnik mamlakatning amaldagi rahbariga aylanadi. Uni hozir Mali prezidenti deb ham ataşyapti, lekin bunday emas, rasman Assim Goita Mali ötiş davri prezidenti. U maliliklar sevib tanlagan siyosiy lider emas, şunçaki kuç bilan hukumat tepasiga kelgan harbiy xunta yetakçisi. Demak, ana şu yerda hozirgi inqirozning asosiy sababi yuzaga çiqadi – Malida saylangan, xalq qöllovidagi hukumat yöq, umuman öz funksiyasini bajaradigan hukumatning özi yöq bu davlatda. Tabiiyki, bunday davlatda ijtimoiy-siyosiy ahvol izdan çiqqan böladi.

Assimi Goita va Sadio Kamara boşçilik xunta hukumatni qölga olgaç, Malida hukumat uçun kuraş yanada avj oladi. Mamlakatda ötiş davri kuçlaridan taşqari yana ikki katta kuç bor: tuareglar va jangarilar. Biri özini «Al Qoida»ning Malidagi bölinmasi deb hisoblaydigan «Jamoat nusrat al Islom val Muslimin» guruhi, ularni qisqa qilib JNIM deyişadi. Tuareglar esa Malida va qöşni davlatlarda mavjud bölgan alohida millat. Ular bir neça ön yillardan beri öz davlatini tuziş uçun kuraşib keladi.

Qiziği, jangarilar va tuareglar heç qaçon bir-biri bilan yaqin bölmagan, lekin uzoq yillar Yevgeniy Prigojinning «Vagner» guruhi, keyinçalik Rossiya armiyasi qölloviga ega bölgan Goita va Kamara boşqaruvidagi ötiş davri kuçlariga qarşi birgalikda kuraşişga qaror qilişdi, ya’ni alyans tuzişdi. Yevropada siyosiy partiyalar boşqa partiyaga qarşi turiş uçun alyans tuzişadi, Afrikada esa ikki qurolli guruh boşqa bir qurolli guruhga qarşi tuziş uçun alyans tuzadi, klassika!