Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fillar to‘dasi amerikalik millioner-ovchini toptab o‘ldirdi
Millioner va uning hamrohi o‘rmonda ov qilish chog‘ida beshta fil va fil bolasiga duch kelgan. Ularning qo‘lidagi qurollarni ko‘rgan fillar darhol hujumga o‘tgan.
Gabonda fillar to‘dasi amerikalik millionerni ov qilayotgan vaqtida toptab o‘ldirdi, deb xabar berdi Daily Mail gazetasi Collect Africa sayohat kompaniyasiga tayanib.
"Afrikada beshta fil antilopa ovlayotgan amerikalik millionerni toptab o‘ldirdi", — deyiladi nashr xabarida.
Xabarda aytilishicha, halok bo‘lgan millioner Kaliforniyada tokzoriga ega bo‘lgan 76 yoshli Erni Dozio bo‘lib, u o‘nlab yillardan buyon Afrika va Amerikada ekzotik jonivorlarni ovlash bilan shug‘ullanib kelgan.





Dozio va uning hamrohi o‘rmonda ov qilish chog‘ida beshta fil va fil bolasiga duch kelgan. Ularning qo‘lidagi qurollarni ko‘rgan fillar darhol hujumga o‘tgan.
Hujum oqibatida millioner halok bo‘lgan, hamrohi esa jarohatlangan, deb yozadi gazeta Dozio bilan tanish bo‘lgan keyptaunlik sobiq ovchining so‘zlariga asoslanib.
Mavzuga oid
08:17 / 25.05.2026
Afrikadagi eng baland osmono‘par bino qurilishi yakunlanmoqda
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
07:33 / 21.04.2026
“Sahro ko‘zi”: Afrikadagi sirli geologik tuzilmaning yangi surati
07:43 / 04.03.2026