2026 yil mart oyida Landsat 9 sun’iy yöldoşi obektividagi Rişat geologik tuzilmasi / © NASA Earth Observatory / Lauren Dauphin

Kosmosdan qaralganda, bu hudud qiyofasini, avvalo, tabiat kuçlari şakllantirgandek tuyuladi. Şamol turli rangdagi qum tepaliklaridan iborat ulkan “dengizlar”ni vujudga keltirgan va qora tusli “sahro toşqoplamasi” bilan qoplangan platolarni silliqlagan. Qadimgi suv oqimlari esa vodiylar va qurib qolgan özanlar tarmoqlarini kesib ötgan.

Biroq yuqoridan qaraganda közga eng yaqqol taşlanadigan jihat — bu platoning şarqiy çekkasida joylaşgan ulkan konsentrik qatorlardan iborat Rişat tuzilmasidir. Fransuz geograflari uni ilk bor 1930-yillarda tasvirlab, “Rişat tugma teşigi” deb atagan.

Astronavtlar Ed Uayt va Jyeyms Makdivitt uni özlarining tarixiy Gemini IV missiyasi vaqtida tasvirga olib, butun dunyo e’tiborini uşbu obektga qaratgan. Şundan söng u “Sahro közi” degan laqabni olgan.

Eni taxminan 40 kilometr bölgan uşbu tuzilma dastlab meteorit zarbasi natijasida hosil bölgan krater deb hisoblangan. Çunki yirik meteoritlar Yer yuzasida aylana şakldagi izlarni qoldirişi mumkin.

Biroq keyinçalik tadqiqotçilar bu aslida kuçli yemirilgan geologik gumbaz ekanini aniqlagan. U yer ostiga magmatik moddalarning kirib borişi natijasida toğ jinslarining kötarilişi oqibatida yuzaga kelgan.

Vaqt ötişi bilan gumbazning oçilib qolgan yuqori qismidagi toğ jinslarining turliça tezlikda yemirilişi natijasida kuesta deb ataluvçi halqasimon qatorlar şakllangan.

Töq sariq va kulrang tuslar esa çökma va magmatik jinslar örtasidagi farqni, ham tuzilmaning içida, ham uni örab turgan manzarada aks ettiradi.