Sutli shokolad tarixi

Foto: Pexels
Markaziy va Janubiy Amerika shokolad vatani hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida yevropaliklar bu ichimlikning mavjudligi haqida bilishmagan. Ha-ha, ichimlikning: mayya hindulari kakao donlarini suv bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan kokteylni ichishgan. Bu ichimlik achchiq va sovuq bo‘lib, zamonaviy suyuq, issiq shokoladga umuman o‘xshamasdi.
Shokoladni tatib ko‘rgan ilk yevropalik Amerikaga 1519 yilda tashrif buyurgan Ernan Kortes bo‘ldi. Natijada shokolad retseptini Qadimiy dunyoga olib ketdi. O‘zgacha ta'mdagi ichimlik to‘g‘risidagi gap-so‘zlar butun qit'a bo‘ylab tez tarqaldi. Biroq yetkazishdagi qiyinchiliklar tufayli (tasavvur qiling, yelkanli kemalarda Amerikadan Yevropaga kakao donlarini olib borish qanday mehnatni talab qilgan) faqat yuqori qatlam vakillarigina uni iste'mol qilish imkoniyatiga ega edilar.
1687 yilda ingliz Gans Sloan Yamayka qirg‘oqlariga bordi. Uning asosiy kasbi davolash edi, biroq bundan tashqari, yangi o‘simlik, hayvon turlari va mahalliy aholi madaniyatini o‘rganish bilan ham shug‘ullanardi. Tabiiyki, orolda qahva donlarini tatib ko‘rdi va hindularning an'anaviy ichimligi bilan tanishdi. Biroq ko‘pchilik yevropaliklarning fikriga qarshi o‘laroq, Gans suyuq shokoladni bemaza va ko‘ngil aynitadigan deb topdi. Ta'mni yaxshilash uchun maydalangan kakao donlarini sut bilan aralashtirdi. Bundan tashqari, u iste'mol qilishdan avval ichimlikni isitardi, bu esa ta'm xususiyatlarini yaxshilardi. Sutli shokolad, aniqrog‘i shokoladli sut retseptini Gans Sloan o‘zi bilan Angliyaga olib keldi. U yerda ichimlikni darhol yoqtirib qolishdi.
1872 yilda gollandiyalik Konrad vann Guten hozirgi kunga qadar sevib yeyiladigan qattiq shokoladni tayyorlash usulini kashf qilguniga qadar sutli shokolad suyuq holda iste'mol qilindi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

14:47 / 22.03.2025
Dubaycha shokolad tarkibidan me’yordan oshiqcha shakar va zamburug‘ izlari topildi

14:00 / 17.02.2025
Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi - tadqiqot

14:58 / 18.01.2025