Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
O‘zbekiston 2025 yil yanvar–noyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatga qiymati 8,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna shokolad mahsulotlari eksport qilgan. Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 753 tonnaga yoki 29,9 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekiston shokolad mahsulotlarini eng ko‘p Ozarboyjonga yetkazib bergan — 633,1 tonna. Keyingi o‘rinda Mo‘g‘uliston qayd etilgan — 433,7 tonna.
Shuningdek, Qozog‘istonga 368,8 tonna, Rossiyaga 365,2 tonna, Qirg‘izistonga 360,3 tonna shokolad mahsulotlari eksport qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan davlatlar hissasiga jami 1,1 ming tonna shokolad mahsulotlari to‘g‘ri kelgan.
Umuman olganda, keltirilgan statistik ko‘rsatkichlar shokolad mahsulotlari bo‘yicha eksport geografiyasi kengayib, tashqi bozorlarda mahsulotga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
09:58 / 09.07.2026