Tashqi sektor statistikasini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.
Belgilanishicha, kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2021 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari server asbob-uskunalari modernizatsiya qilingandan keyin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 2021 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan tartibda, ushbu qaror bilan kiritiladigan qo‘shimchalarni hisobga olgan holda kamida 24 soat davrga O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan xorijiy fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni to‘g‘risida statistik ma'lumotlar taqdim etilishini ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida taqqoslanadigan dinamikada turizm xizmatlari (safarlar) eksporti va importi ko‘rsatkichlari shakllantirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024