Iqtisodiyot | 16:11 / 25.08.2018
21537
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekistondan avtobuslarning bojsiz tranzitini ta'minladi

Foto: Toshshahartrans

Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o‘tuvchi O‘zbekiston Respublikasi avtomashinalari va avtobuslari Tojikiston hududiga kirish hamda tranziti bo‘yicha to‘lovlardan ozod etiladi. Bu haqda «Avesta» axborot agentligi Tojikiston bojxona xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Hukumatning tegishli qarori prezident Imomali Rahmon tomonidan O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida imzolandi.

Mazkur qarorning maqsadi O‘zbekistondan yengil avtomashinalar va avtobuslarning Tojikistonga bojsiz kirishi va tranziti uchun sharoitlar yaratishdir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid