Jahon | 10:05 / 25.08.2018
24901
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina nega Qrimdan kemalarini olib chiqib ketmayotgani aytildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari sobiq rahbari Sergey Gaydukning ma'lum qilishicha, agar Ukraina tomoni Qrimdan kemalarni olib chiqib ketsa, unda u xalqaro institutlardagi dalil-asosini yo‘qotadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina Qrimdan kemalarini olib chiqib ketsa, xalqaro institutlarda Moskva va Kiyev «o‘zaro kelishib olgan», degan xulosaga kelishlari mumkin.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina SSSRning Qora dengiz flotini qayta taqsimlashda mamlakat tomonidan qabul qilib olingan sovet texnikasini to‘g‘ri va to‘liq ishlata olmadi. 

Gaydukning ta'kidlashicha, 140ta sovet kemasidan 60dan ortig‘i metallolomga topshirib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi harbiy parad Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi taxmin qilingandi.

Mavzuga oid