Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya hukumatida yangi vazirlar tayinlandi
Foto: AFP/ Daniel Leal-Olivas
Avstraliyaning yangi tashqi ishlar vaziri Mariza Peyn, mudofaa vaziri Kristofer Payn bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning yangi bosh vaziri Skott Morrisonga iqtibos keltirgan holda AVS telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yana bir qancha yangi vazirlar tayinlangan. Jumladan, mudofaa sanoati ishlari bo‘yicha vazir etib sobiq savdo vaziri Stiven Chiobo tayinlangan. Uning avvalgi o‘rnini Simon Birmingem egallagan. Energetika vaziri lavozimiga Angus Teylor, atrof-muhit vaziri lavozimiga esa Melissa Prays tayinlangan.
Avvalroq endilikda sobiq tashqi ishlar vaziri Juli Bishop bosh vazir lavozimiga saylovlarda yutqazgandan keyin o‘z lavozimidan ketishini e'lon qilgandi.
24 avgustda hukumat g‘aznachisi Skott Morrison Avstraliya Liberal partiyasining yangi yetakchisi va mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylangani ma'lum qilindi. Morrison saylovlarning 2-turida Bishopni 40 ovozga 45 ovoz bilan ortda qoldirgan.
Mavzuga oid
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025