Sport | 09:10 / 26.08.2018
11216
5 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» va «Atletiko» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi, «Real» bugun o‘ynaydi

Foto: Barselona

«Barselona» Ispaniya Primerasining 2-turida «Valyadolid» ustidan g‘alaba qozondi. Valyadoliddagi «Xose Sorrilya» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yindagi yagona gol 57-daqiqada urildi. Luis Suaresning yuqorilatib uzatgan to‘pini Serxi Roberto boshi bilan zarba berish uchun qulay vaziyatda turgan Usmon Dembelega tashlab berdi va fransiyalik futbolchi raqib darvozaboniga imkoniyat qoldirmadi.

Endilikda «Barselona» 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa birinchi turda «Alaves»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. «Valyadolid» o‘tgan turda «Jirona» bilan durang o‘ynagandi (0:0), jamoada ayni vaqtda bir ochko bor.

Chempionatning keyingi turi doirasida «Barselona» 2 sentabr kuni «Ueska»ni qabul qiladi, «Valyadolid» 31 avgust kuni «Xetafe» mehmoni bo‘ladi.

«Atletiko» esa o‘z uyida «Rayo Valekano»ni mag‘lub etdi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Antuan Grizmann tomonidan urildi. Frantsuz futbolchisiga burchak zarbasi amalga oshirilganidan keyin havoda to‘p uchun kurashda g‘olib chiqib to‘pni qulay nuqtaga tashlab bergan Stefan Savich assistentlik qildi.

«Atletiko» birinchi turda «Valensiya» bilan durang o‘ynagandi (1:1) va endilikda 4 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan. «Rayo» qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatdan keyin oxirgi o‘rinda, birinchi turda jamoa «Sevilya»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (1:4).

Keyingi tur doirasida «Atletiko» 1 sentabr kuni «Selta» mehmoni bo‘ladi, shu kuni «Rayo» «Atletik»ni qabul qiladi.

Tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Alaves» «Betis» bilan durang o‘ynadi (0:0), «Xetafe» «Eybar»ni mag‘lub etdi (2:0), «Leganes» o‘z maydonida «Real Sosedad»ni yenga olmadi.

Bugun tur doirasida «Real» «Jirona» mehmoni bo‘ladi, «Valensiya» ham Kataloniyada «Espanol»ga qarshi o‘ynaydi, «Sevilya» «Vilyarreal»ni qabul qiladi. 27 avgust kuni esa «Levante» «Selta» bilan, «Atletik» «Ueska»ga qarshi o‘ynaydi.

Ispaniya chempionati
2-tur
Valyadolid – Barselona 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 57 Dembele.
Valyadolid – Masip, Moyyano, Alba, Kalero, Martines, Anuar, Fernandes (Keko, 64), Alkaras, Toni (Verde, 87), Unal (Chop, 70), Plano.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Rakitich, Buskets, Koutino (Malkom, 84), Messi, Suares (Munir, 90), Dembele (Vidal, 76).
Ogohlantirishlar: Unal (49), Pike (60).

Atletiko – Rayo Valekano 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 63 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Xuanfran (Parti, 36), Savich, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Koke, 66), Rodri Ernandes, Saul, Lemar, Grizmann (Jyelson Martinsh, 76), Diyego Kosta.
Rayo Valekano –    Garsiya, Advinkula, Ba, Amat, Moreno, Elustondo, Kakuta (Medran, 69), Trexo, Komesanya (Poso, 69), Garsiya (Moreno, 77), Embarba.
Ogohlantirishlar: Garsiya (29), Koke (88).

Alaves – Betis 0:0 (0:0, 0:0)
Alaves – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Maripan, Duarte, Ibai Gomes, Manu Garsiya, Mubarak, Xoni Rodriges (Tvumasi, 87), Baston (Gvidetti, 64), Sobrino (Burgi, 73).
Betis – Lopes, Mandi, Bartra, Feddal, Gerrero (Telo, 76), Guardado, Vilyam Karvalyu (Budebuz, 82), Firpo, Kanales, Inui (Sanabriya, 61), Moron.
Ogohlantirishlar: Bartra (23), Mubarak (40), Manu Garsiya (47), Agirregabiria (70).

Xetafe – Eybar 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Anxel, 2:0 – 90 Molina.
Xetafe – Soriya, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Antunesh, Ivan Alexo (Ndiayye, 71), Arambarri, Maksimovich, Portilo, Anxel (Kabrera, 86), Mata (Molina, 80).
Eybar – Dmitrovich, Penya, Paulu Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel, Jordan (Bebe, 84), Eskalante, Diop, Milya (Ervias, 67), Kike (Sharles, 75), Enrik.
Ogohlantirishlar: Dakonam (1), Ivan Alexo (46), Arbilya (90).

Leganes – Real Sosedad 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 11 Surutusa, 0:2 – 17 Ilyarramendi, 1:2 – 54 El-Jar, 2:2 – 88 El-Jar.
Leganes – Kuelyar, Xuanfran, Munos (En-Nesiri, 84), Siovas, Silva, El-Jar, Peres, Gumbau, Oxeda (Rolan, 66), Eraso (Santos, 46), Karrilo.
Real Sosedad – Ruli, Saldua, Lorente (Elustondo, 28), Moreno, Teo, Oyarsabal (Pardo, 73), Subeldiya, Ilyarramendi, Surutusa (Merino, 58), Xuanmi, Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Saldua (53), Xuanmi (80), Silva (90).

Mavzuga oid