Sport | 11:30 / 26.08.2018
12808
1 daqiqa o‘qiladi

Video: VAR tizimi «Barselona»ni «Valyadolid» bilan o‘yinda durang natijadan qutqardi

25 avgust kuni «Barselona» Ispaniya chempionati 2-turi doirasida «Valyadolid» mehmoni bo‘ldi va Usmon Dembelening 11-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar javob golini urishgandi, ammo kataloniyaliklar hakamga e'tiroz bildirishgach, VAR tizimi (hakamning videoassistenti) orqali bu vaziyatda ofsayd bo‘lgani qayd etildi va gol bekor qilindi.

Ma'lumot uchun, shu yil martida VAR tizimi yangi mavsumdan boshlab Ispaniya chempionatida ham qo‘llanishi ma'lum qilingandi.

VAR tizimi 2018 yilgi jahon chempionatida qo‘llandi. Ayni vaqtda A Seriya va Bundesligada ham bu tizimdan foydalaniladi. 

La Ligada tizim 4 holat uchun qo‘llanadi:
1. Bahsli gol;
2. Bahsli penalti;
3. Futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishda;
4. Futbolchi qoida buzgani darhol qayd etilmaganida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid