O‘zbekiston | 18:36 / 27.08.2018
61435
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda qancha o‘zbekistonliklar yashayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Amerika Qo‘shma Shtatlarida taxminan 50 million migrant mavjud (dunyodagi barcha migrantlarning 20 foizi).

Pew Research Center tadqiqot markazining ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Qo‘shma Shtatlarda boshqa mamlakatlarda tug‘ilgan 49,8 million kishi istiqomat qilgan.

AQShda eng ko‘p meksikaliklar (12,7 million), xitoyliklar (2,4 million), hindlar (2,3 million), filippinliklar (2,1 million) va puertorikaliklar (1,9 million) yashaydi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallaydi. Qo‘shma Shtatlarda 420 mingga yaqin rossiyaliklar istiqomat qiladi.

AQShdagi o‘zbekistonliklarning umumiy soni 60 mingdan ko‘proq. Shu bilan birga, Qozog‘istondan AQShga 30 mingga yaqin kishi ko‘chib kelgan, bu ikki baravar kam.

Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 10 mingdan kishi ko‘chib kelgan.

Mavzuga oid