Heç qanday ogohlantirişsiz boşlangan Erondagi uruşning yakuni ham xuddi şunday bölişi mumkin.
AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning uruş vazirligi berayotgan bir-biriga zid signallar – ittifoqçilar, moliyaviy bozorlarni Eron uruşi qanday yoki qaçon tugaşi borasida öyga toldirmoqda.
Masalan, 9 mart kuni prezident Tramp respublikaçilarning yillik yiğilişida AQŞ uruşda allaqaçon ğalaba qozonganini, «lekin hali yetarliça ğalaba qozonmaganini» aytdi. Bu bayonot uning CBS News telekanaliga uruş «deyarli töliq yakunlandi» deb aytganidan bir neça soat ötib yangradi.
Şu bilan birga, mudofaa vaziri Pit Hegset 10 mart – seşanba kunini «zarbalarimizning hozirga qadar eng şiddatli kuni böladi» deb ta’kidladi.
Buning yomon taraflaridan biri – uruş yeçim topmagan har bir hafta AQŞ içidagi iqtisodiy qiyinçiliklarni va Yaqin Şarq mamlakatlaridagi beqarorlikni çuqurlaştirmoqda. Bu esa amerikaliklar kutayotgan oraliq saylovlar oldidan Tramp va uning partiyasi uçun siyosiy xavfni oşiradi.
Oq uyga yaqin köriladigan Axios naşri Eron uruşi yakunlanişi mumkin bölgan beşta taxminiy ssenariyni tuzdi.
1. Muzokaralar orqali öt oçişni töxtatiş va yadroviy kelişuv
Eronning yadro quroli dasturiga çek qöyiş «Epic Fury» (Buyuk ğazab) operatsiyasi boşlanganidan beri Trampning asosiy maqsadlaridan biri bölib kelmoqda.
Eron va AQŞ uruş boşlanişidan bir neça kun oldin Jyenevada bilvosita yadroviy muzokaralarning uçta raundini ötkazdi. Biroq Trampning vakillari yakunda Tehron kelişuv borasida jiddiy harakat qilmayapti, degan xulosaga keldi.
Tramp duşanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida muzokaralar qayta tiklanişi «mumkin»ligini aytdi. Biroq u Eron Oliy rahbari sifatida marhum otasining örniga tanlangan Mujtaba Xominaiy nomzodidan hafsalasi pir bölganini aytdi.
Aslida zarbalar boşlanişidan bir kun oldin Ummon vositaçilari – Eron boyitilgan uran zaxiralarini heç qaçon töplamaslikka rozi bölganini va tinçlikka «erişiş mumkin»ligini aytişgan edi. Uruş kelajakdagi muzokaralarga qanday ta’sir qilişi hozirça noma’lum.















