AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar berişiça, 11 mart kuni 65 nafar fuqaro mamlakatdan çiqarib yuborilgan. Deportatsiya qilinganlardan iborat parvoz AQŞning öz çegaralari xavfsizligini ta’minlaş doirasida taşkil qilindi, deyiladi elçixona xabarida.
“Prezident Tramp lavozimga kirişganidan buyon Qöşma Ştatlar noqonuniy immigratsiyaga çek qöyişga hamda öz çegaralari va fuqarolarini himoya qilişga qaratilgan öz majburiyatlari doirasida 1000 dan ziyod Özbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi” – AQŞning Özbekistondagi elçixonasi
Şuningdek, diplomatik idora xabarida AQŞga noqonuniy kirgan şaxslar qamoq jazosiga tortilişi hamda oqibatda uşbu mamlakatdan baribir çiqarib yuborilişi eslatilgan. Elçixona AQŞning deportatsiya tadbirlarini ötkazişda yaqindan hamkorlik qilayotgani uçun Özbekiston hukumatiga özining çuqur minnatdorligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, dastlab deportatsiya qilingan fuqarolar soni 72 nafar ekani bildirilgandi, biroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va elçixonaning qayta aniqlaştirişiça AQŞdan uşbu parvoz bilan çiqarib yuborilgan özbekistonliklar soni 65 nafarni taşkil qilgan.












