Futbol böyiça Eron milliy jamoasi 2026 yil yozida AQŞ, Meksika va Kanada mezbonligida ötadigan jahon çempionatida iştirok etmasligi mumkin.

Mamlakat sport vaziri Ahmad Dunyomoli OAVga bergan intervyusida bunga xavfsizlik masalalari va AQŞ bilan uruşni sabab qilib keltirgan.

«Bu korrupsiyalaşgan hukumat rahbarimizni öldirganidan söng, jahon çempionatida iştirok etişimizga imkon beradigan heç qanday şaroit qolmadi. Eronga qarşi olib borilgan duşmanlik harakatlari fonida bizga qarşi ikki marta uruş olib borildi va bir neça ming fuqaromiz öldirildi. Bunday şaroitda bizda  iştirok etiş imkoniyati yöq», – degan u TV2 telekanali efirida.

Hozirça bu qançalik yakuniy qaror ekani ma’lum emas. Hozirça Eron futbol federatsiyasi va FIFA bu xabar yuzasidan izoh bermadi.

Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksika yaşil maydonlarida bölib ötadi. Eron milliy jamoasi Osiyo saralaşi uçinçi bosqiçida Özbekiston bilan bir guruhda qatnaşgan va birinçi örin bilan mundial yöllanmasini qölga kiritgandi. Qur’a natijalariga köra Eronga G guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalar raqib bölgandi. Eronliklarning guruh bosqiçidagi barça öyinlari AQŞda, ikki öyin Los-Anjyelesda, yana bittasi – Sietlda bölib ötişi belgilangan.